Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Rossiyada o‘lim jazosini tiklash haqida gapirdi
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning Yevropa Kengashidan chiqarilganini o‘lim jazosini tiklash uchun yaxshi imkon deb atadi.
«Yevropa Kengashi Rossiyani a’zolikdan chiqardi. Qanday adolatsizlik. Yaxshi bo‘ldi, endi eshikni qars yopib, bu bo‘lmag‘ur safsatalarni unutsak ham bo‘ladi. O‘zi yoshlik qilib qo‘shilib qolgandik.
Bundan tashqari, jinoyatchilikning oldini olish uchun keskin jazolarni tiklash uchun yaxshi imkon paydo bo‘ldi. Masalan, o‘lim jazosini. Undan AQSh va Xitoyda ham keng foydalanishadi». dedi sobiq Rossiya prezidenti.
Dmitriy Medvedev 2008 yildan 2012 yilgacha Rossiya prezidenti bo‘lib ishlagan. 2020 yilgacha bosh Rossiya hukumat rahbari — bosh vazir bo‘lgan. Hozirda Xavfsizlik kengashida Putinning o‘rinbosari bo‘lish bilan birga Rossiya hukmron partiyasi «Yedinaya Rossiya» raisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
17:55 / 08.04.2025
Dunyoda o‘tgan yili 1518 kishi qatl etildi - bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich
19:10 / 20.03.2025
Xitoyda to‘rt nafar Kanada fuqarosi qatl etildi
16:33 / 19.03.2025