Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF mudofaa vazirligi «Ukraina osmonida ustunlik qo‘lga kiritilgani»ni ma’lum qildi
Rossiya aviatsiyasi Ukrainaning barcha hududlarida havoda ustunlik qilmoqda. Bu haqda RF mudofaa vazirligi rasmiysi, general-mayor Igor Konashenkov har kungi brifing chog‘ida ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlangandan buyon Ukraina harbiy infratuzilmasining 1114 obekti yo‘q qilingan. Jami 314 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashinalar, 57 ta baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari, 121 ta artilleriya qurollari va minomyotlar, 274 ta maxsus harbiy avtomobil texnikalari yakson etilgani ta’kidlagan.
«O‘tgan kun davomida sakkizta «Buk M-1» jangovar texnikasi, «S-300» zenit raketa kompleksini boshqarish stansiyasi, «P-14» stansiyalari bilan uchta radiotexnika pozitsiyasi va yerdagi to‘rtta jangovor samolyot yo‘q qilindi, havodagi bitta samolyot urib tushirildi», degan Konashenkov.
U 28 fevral kuni ertalab holatiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Ukrainaning Berdyansk va Energodar shaharlarini o‘z nazoratiga olgani, shuningdek, Rossiya harbiylari Zaporojye AES atrofini to‘liq qo‘riqlab, nazorat qilayotganini ma’lum qilgan.
Mudofaa vazirligi vakili Rossiya harbiy amaliyoti tinch aholiga tahdid solmayotganini yana bir bor qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xususan, Kiyevning tinch aholisi Kiyev—Vasilkov avtomagistrali bo‘ylab shahardan erkin va xavfsiz evakuatsiya qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025