O‘zbekiston | 13:06 / 28.02.2022
10161
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

2022 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligida vazirlikning kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Kun.uz

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda vazirlik tarkibiy bo‘linmalariga yangi tayinlangan rahbarlar tanishtirildi:

Baxtiyor Ibrohimov (ilgari O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi;

Sarvar Mirzarahimov (ilgari Davlat protokoli boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan) – Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i v.b. lavozimiga tayinlandi;

Umid Akromov (ilgari Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) – Xo‘jalik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i v.b. lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid