Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi 600 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Polsha chegarasiga yetkazildi
Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarining qanchasi Polsha chegarasiga yetkazilgani ma’lum qilindi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, kecha, 27 fevral kuni Ukrainaning Lvov shahridan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasidagi «Krakovets-Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti sari yo‘lga chiqqan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Polsha chegarasiga yetkazilgan.
Elchixona vakillarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari haqida qo‘shimcha ma’lumot bergandi.
Qayd etilishicha, fuqarolar Ukraina–Polsha chegarasini kesib o‘tishni boshlagan. Ukraina va Polsha chegarachilari, birinchi navbatda, ayollar va bolalarni o‘tkazmoqda.
Chegarani kesib o‘tish uzoq vaqt oladi. Birinchi guruh uchun bu jarayon 14 soat davom etgan. Lvovga ko‘p sonli qo‘shimcha evakuatsiya poyezdlari yetib kelgani hisobiga chegarani kesib o‘tish vaqti cho‘zilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025