Urushning to‘rtinchi kuni. Suratlar
Ukrainadagi urushning to‘rtinchi kunida mamlakatni yanada ko‘proq kishi tark etdi — BMT ma’lumotiga ko‘ra, 370 mingga yaqin ukrainaliklar qo‘shni davlatlarga, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Moldaviya, Slovakiya va boshqa davlatlarga chiqib ketgan. Kiyev atrofida va Xarkov ko‘chalarida janglar davom etdi. Rossiya mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon ilk marta rossiyalik harbiylar orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar, shuningdek, asirga tushganlar borligini tan oldi, ammo ularning soniga aniqlik kiritilmadi. Bir necha urinishlardan keyin ham tomonlar birinchi muzokaralarni boshlashga kelisha olmayapti (endi 28 fevral kuni uchrashishga kelishishgan). Quyidagi materialda urushning to‘rtinchi kunidagi vaziyatni ifoda etuvchi suratlar.
So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar:
- YeI tomonidan Rossiya banki aktivlari bilan operatsiyalar qilishga qo‘yilgan taqiq kuchga kirdi
- Markaziy bank xorijliklarga Rossiya qimmatli qog‘ozlarini sotishni taqiqladi. Moskva birjasida valuta savdosi boshlanishi kechiktirildi, aksiyalar savdosi yanada kechroq boshlanadi
- RF mudofaa vazirligi ilk bor o‘z yo‘qotishlari haqida ma’lum qildi, ammo qancha odam yo‘qotganini ochiqlamadi. Ukraina Bosh shtabi rossiyaliklarning yo‘qotishlari 4500 kishidan ortiq ekani haqida ma’lumot bergan
- Ukraina IIVning tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘yicha ma’lumoti: urush boshidan buyon 352 kishi halok bo‘lgan, 1684 kishi yaralangan
- Yevroittifoq Ukrainaga 450 million dollarlik jangovar qurollar yetkazib beradi. Bu YeI tarixida harbiy harakatlar olib borilayotgan hududga ilk bor qurol yetkazilishidir
- Rossiyada yakshanba kuni urushga qarshi aksiyalarda yana 2700 kishi qo‘lga olindi
- Rossiya va Ukraina o‘rtasida dushanba kuni muzokaralar boshlanishi kutilmoqda
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024