Jahon | 14:54 / 28.02.2022
13909
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada gaz narxi 36 foizga qimmatladi

Gaz narxi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi fonida oshmoqda.

Foto: Reuters

Yevropada gaz narxi keskin ko‘tarildi. Niderlandiyadagi TTF habida aprel fyuchersi uchun 1 ming kub metr gaz narxi 1506 dollardan oshdi

Keyinroq narx pasayib, 1 ming kub metr gaz bahosi 1100 dollarga tushdi.

Gaz narxi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi fonida oshmoqda: yakshanba kuni AQSh va YeI Rossiyadagi ayrim banklarni SWIFT xalqaro banklararo to‘lovlar tizimidan uzishini e’lon qildi.

Yevropada gaz narxi o‘tgan yilning yozidan buyon rekordlarni yangilamoqda. Rekord narx 2021 yil 21 dekabrda qayd etilgan, o‘shanda ming kub metr gaz bahosi 2190 dollargacha ko‘tarilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid