Namangandan Qozog‘istonga ilk aviaparvoz amalga oshirildi

Foto: Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati
Bugun, 1 mart kuni ilk marotaba Olmaota – Namangan – Olmaota yo‘nalishida aviaqatnov amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu reys Qozog‘iston Respublikasining “FLY ARYSTAN” aviakompaniyasi tomonidan bajarildi. Mazkur aviakompaniyaga qarashli A-320 rusumli havo kemasi Namangandan Qozog‘istonning Olmaotaga shahriga 180 nafar yo‘lovchini yetkazdi.

Ma’lumot uchun, Namangan xalqaro aeroportidan 8 fevraldan boshlab Maxachqal’a - Namangan - Maxachqal’a yo‘nalishida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

21:25 / 25.05.2025