Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu Ukrainadagi operatsiya qachongacha davom etishini aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya «qo‘yilgan maqsadga erishilmaguniga qadar davom etadi».
Rossiyaning Ukraina hududidagi maxsus operatsiyasi qo‘yilgan maqsadga erishilmaguniga qadar davom etadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
«Rossiya qurolli kuchlari guruhi maxsus harbiy operatsiyani qo‘yilgan maqsadga erishilmaguniga qadar davom ettiradi», - deb ta’kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi maxsus operatsiyadan asosiy maqsad Rossiyani G‘arb tomonidan bo‘ladigan harbiy tahdiddan himoya qilishdir.
«Biz uchun asosiysi – Rossiya Federatsiyasini mamlakatimizga qarshi kurashda ukrain xalqidan foydalanishga urinayotgan G‘arb mamlakatlarining harbiy tahdididan himoya qilish», - dedi u.
U Rossiya armiyasi Ukraina hududini bosib olmasligi, tinch aholi xavfsizligi uchun barcha choralar ko‘rilishi, zarbalar faqat harbiy obektlarga, faqatgina yuqori aniqlikdagi qurollar bilan berilayotganini ta’kidlagan.
- Rossiya 24 fevralda Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishini e’lon qildi. Yevroittifoq va AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Rossiya va Ukraina harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025