O‘zbekiston | 17:34 / 02.03.2022
9991
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Xitoydan yangi elektrovoz keltirildi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning “Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli” UK Xitoydan keltirilgan zamonaviy va yuqori quvvatga ega bo‘lgan yuk va yo‘lovchi lokomotiviga ega bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning xabar berishicha Xitoy davlat holding kompaniyasi CRRC Group (China RailwayRolling Stock Corporation – “Xitoy temir yo‘l kompaniyasi”)dan O‘zbekiston iqlim sharoitlari inobatga olinib, ishlab chiqarilgan yangi elektrovoz keltirilgan.

Yangi keltirilgan elektrovoz yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat 8 o‘qli yo‘lovchi va yuk elektrovozi bo‘lib, uning quvvati 9,600 kVt ni tashkil etadi. Ushbu lokomotiv barcha ob-havo sharoitlarida og‘ir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi. Texnik tavsifiga ko‘ra, mazkur turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 kilometrgacha oshirishi mumkin. Lokomotivning ishlash muddati – 40 yil. 

Elektrovoz TOSHIBA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan TCMS zamonaviy nazorat-diagnostika tizimi bilan jixozlangan bo‘lib, ushbu tizim elektrovozni ortiqcha yuklanishlardan, nosozliklardan himoya qiladi va mashinistga o‘z vaqtida xabar beradi.

Elektrovozdagi elektron uskunalarining, yuqori va past kuchlanishli elektr jihozlarining holati, tormoz, xavfsizlik, radioaloqa va boshqa tizimlarning sozligi bo‘yicha monitor orqali ko‘rsatib turadi. Agar safar davomida uskunalarda muammo aniqlansa, ushbu xabar ichki kompyuter monitoriga chiqariladi va bu yerda, shu bilan birga uni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot ham beriladi.

Mavzuga oid