Rossiya ilk marta urushda qancha qurbon berganini e’lon qildi
Ukrainadagi urushda Rossiyaning 498 nafar harbiysi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Rossiya ilk marta urushda qancha askar qurbon bo‘lgani haqida ma’lum qilmoqda.
«Rossiyaning harbiy operatsiyasida Ukraina tomonidan 2 870 nafar odam halok bo‘lgan. Rossiya tomonidan 498 nafar askar harbiy burchini bajarayotgan vaqtda halok bo‘ldi», deyilgan bayonotda.
O‘z navbatida, RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning yo‘qotishlari bo‘yicha ham o‘z ma’lumotlarini taqdim etgan, unga ko‘ra, harbiy harakatlar boshlanganidan buyon ukrainalik harbiylar orasidagi qurbonlar soni 2870 nafardan oshgan, 3700 nafardan ortiq kishi yaralangan, 572 kishi asirga tushgan.
- Taqqoslash uchun: Ukraina Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, 24 fevraldan 2 martga qadar bo‘lgan muddatda rossiyaliklarning yo‘qotishlari halok bo‘lganlar va yaralanganlar qo‘shilganda 5 840 nafarni tashkil etgan, 200 nafar atrofidagi kishi asirga tushgan.
Rossiya tomoniga ko‘ra, harbiy amaliyotlar vaqtida Ukrainaning 1533 ta hariy infratuzilma obektiga, 54 ta boshqaruv punkti va harbiy aloqa tuzilmalariga, 39 ta havo hujumidan mudofaa komplekslariga, 52 ta radiolokatsiya stansiyasiga zarba berilgan.
Shuningdek, Ukrainaning 47 ta harbiy samolyoti yerda, 13 tasi havoda yo‘q qilingani, 484 ta tank va jangovar mashinalar, 63 ta raketa tuzilmalari, 217 ta dala artilleriyasi, 336 ta maxsus harbiy texnika, 47 ta uchuvchisiz qurilma ishdan chiqarilgani ma’lum qilingan.
Rossiya askarlari tomonidan Popova, Novgorovka, Novomixaylovka, Lyubimovka aholi yashash punktlarini, «LXR» kuchlari Liman, Torskoye, Kreminna, Varvarovka, Borovenki aholi punktlarini, «DXR» kuchlari esa Primorskoye, Priazovskoye, Shevchenko va Berdyanskoye aholi punktlarini egallagani, Mariupol qamalga olingani ma’lum qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy operatsiyada rossiyalik kursantlar yoki tezkor chaqiruvdagi askarlar qatnashmayotganini ma’lum qildi. Rossiya tomoni tanklar AQShda ishlab chiqarilgan «Javelin» raketalari bilan urilayotganiga urg‘u bergan.
Avvalroq G‘arb nashrlarida Rossiyaning harbiy yo‘qotishlari 1500 nafardan 2000 nafargacha bo‘lishi mumkinligi yozilgandi.
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024