Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadan Polsha orqali 1859 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
2022 yilning 2-3 mart kunlari Uzbekistan Airways AJning uchta samolyoti bilan 671 nafar O‘zbekiston fuqarosi Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Ular orasida 129 nafar ayol, 82 nafar bola va 14 nafar chaqaloq bor.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali sakkizta aviareyslar bilan 1859 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi.
Qayd etilishicha, bugun yana bir necha evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan.
Polsha hududida mamlakatning 1100 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 550 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 550 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakat fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Mamlakatning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolar uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi raqamlari: +380 44 501 50 00; +380 44 501 41 81; +380 44 501 41 82; +380 44 501 41 83.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi raqamlari: Ma’ruf Karimov («Karchova» nazorat-o‘tish punktida): +48 508 064 333; Telegram: +99893 5947557.
Asqar Beknazarov (Katovitse shahri aeroportida): +48 508 995 888; Telegram: + 99890 1160084.
Sardor Ahmadov (elchixonada): +48 502 501 588; Telegram: + 99894 6541010.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining «koll-markazi»: 1164 va @Miduzbshtab Telegram-kanali
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025