Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina tashqi ishlar vaziri NATOni qat’iyatsizlikda aybladi
Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, NATO o‘z hududi uchun kurashishi haqida ming marta gapirishi mumkin. Ammo alyans amaliy qaror qabul qilmasa, Rossiya buning shunchaki gapligini ko‘radi.
NATOning Ukraina ustida parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etmaslik qarori hurmatga loyiq emas. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ana shunday fikr bildirdi.
“Ukraina ozodlik uchun insonlar hayotini qurbon qilayotgan bir paytda NATO faqat qat’iyatsizlik ko‘rsatmoqda. Bu vaziyatda muammo nafaqat Ukraina, balki NATO uchun ham mavjud. Faqat alyansdagilar buni hozircha anglab yetmayapti", - deya ta’kidladi u.
Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, NATO o‘z hududi uchun kurashishi haqida ming marta gapirishi mumkin. Ammo alyans amaliy qaror qabul qilmasa, Rossiya buning shunchaki gapligini ko‘radi.
“Ochig‘ini aytishimiz kerak, ukrainaliklar NATO aslida ular tasavvur qilganidek emasligini aniq-tiniq ko‘rishlari lozim, harholda hozir shunday. Agar u o‘z pozitsiyasini o‘zgartirsa, yaxshi bo‘ladi. Ammo hozircha hurmatga sazovor emas”, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025