Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Olima ayollar» jamiyati tuziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbirida nutq so‘zlamoqda.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, davlat rahbari ayollar ta’limiga berilayotgan alohida e’tibor haqida to‘xtaldi.
“Ayollar ta’limiga alohida e’tibor berayotganimiz tufayli, o‘tgan yili oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.
Agar bundan olti yil avval oliygohlarda 110 ming nafar qizlarimiz tahsil olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 400 ming nafarga yetdi yoki ularning ulushi 2016 yildagi 38 foizdan ayni paytga kelib qariyb 50 foizga yetdi.
Har qanday xalqning yetuklik darajasini, avvalo, ayollarning ilmiy-madaniy kamoloti belgilab berishi, oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratishlari, hammamizga yaxshi ayon. Shu bois donishmandlar: “Bitta qiz bolani o‘qitsangiz – butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz”, deb bejiz ta’kidlamaganlar.
Qizlarimizning zamonaviy bilimlar va kasb-hunar egasi bo‘lib, jamiyatda hamda o‘z oilasida munosib o‘rin topishi uchun boshlagan ishlarimizni, bundan keyin ham izchil davom ettiramiz.
Bu borada, avvalo, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilindi. Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etamiz. Barcha talaba qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi.
Ushbu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida ilmiy izlanish va kashfiyotlari bilan yurtimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shib kelayotgan olima ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga ko‘taramiz.
Ma’lumki, bugungi kunda opa-singillarimiz orasida o‘nlab akademik va professorlar, fan doktorlari va fan nomzodlari, yuzlab iste’dodli tadqiqotchilar bor. Ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy yangilik yaratish – bu igna bilan quduq qazishga barobar.
Men o‘zim shu sohadan chiqqanim uchun bu ishning naqadar qiyin va murakkab ekanini yaxshi bilaman. Shuning uchun ham oila tashvishlari va farzand tarbiyasini ilmiy tadqiqot bilan birga olib borayotgan, bu borada amaliy yutuq va natijalarga erishayotgan olima ayollarni shaxsan men chinakam matonat va jasorat sohibalari deb bilaman va yuksak qadrlayman.
Zukko va bilimdon xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqini oshirish maqsadida, biz bir qancha muhim chora-tadbirlar belgiladik.
Jumladan, kelgusi o‘quv yilidan boshlab: magistraturada o‘qiyotgan barcha qizlarning kontrakt pullarini to‘liq budjetdan qoplab berish uchun, har yili 200 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi; doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun, har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.
Bu ishlarni tizimli ravishda tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida “Olima ayollar” jamiyati tuziladi. Zahmatkash olimalarning mashaqqatli va sharafli mehnatini munosib rag‘batlantirish, ular uchun har jihatdan qulay sharoit yaratish maqsadida “Olima ayollar” jamiyatiga har yili 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Umuman olganda, yuqorida aytilgan barcha maqsadlarga joriy va kelgusi yil uchun 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi”, – dedi prezident yig‘ilganlarga qarata.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024