Jahon | 15:47 / 10.03.2022
18401
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik investorlarning yuanga qiziqishi oshdi

Ilgari Moskva birjasida bir kunda yuan bilan bog‘liq bir nechta kelishuv amalga oshirilgan bo‘lsa, 9 mart kuni qariyb 53 mingta kelishuv tuzilgan.

Foto: China Daily via REUTERS

Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar va mamlakat markaziy bankining javob choralari rossiyalik investorlarning yuan bilan savdo qilishga qiziqishini oshirdi, deb xabar berdi «Kommersant’».

Moskva birjasining 9 mart kungi savdo yakunlariga ko‘ra, yuan kursi 21,4 rublni tashkil etdi – bu bir kun avvalgi savdolarga nisbatan 7 foizga ortiq.

Asosiy valutalar (dollar va yevro) aylanmasida yuanning ulushi 7,5 foizga o‘sib, fevraldagidan o‘nlab marta yuqori bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ilgari birjada bir kunda yuan bilan bog‘liq bir nechta kelishuv amalga oshirilgan bo‘lsa, 9 mart kuni qariyb 53 mingta kelishuv tuzilgan.

«Otkritiye Investitsii» global tadqiqotlar bo‘limi rahbari Mixail Shulginning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarning dollar va yevro bilan erkin ishlash imkoniyati cheklangani sababli yuanga qiziqish o‘smoqda.

Bundan tashqari, Rossiya banklari yuanda hisobraqamlar ochish va UnionPay kartalarini berish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Mavzuga oid