Jahon | 10:33 / 11.03.2022
14143
1 daqiqa o‘qiladi

Air Astana Rossiyaga barcha parvozlarini bekor qiladi

Bunga sabab sifatida Rossiya hududida tijorat parvozlarini sug‘urtalash to‘xtatilgani keltirilgan.

Foto: Business travel

Air Astana aviakompaniyasi Rossiya hududidagi barcha tijorat reyslarini to‘xtatdi.

«Aviakompaniya parvozlarni tezroq tiklash masalasida Qozog‘iston hukumati bilan birgalikda ish olib boradi. Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilaridan to‘lovlarni qaytarib olish uchun xarid joyiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Pullarni qaytarish to‘liq hajmda amalga oshiriladi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Shuningdek, Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi ham Ukraina atrofidagi vaziyat sababli Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar fonida 13–27 mart kunlari Rossiyaga parvozlarni amalga oshirmaydi.

Avvalroq, 6 martdan boshlab «Ozarboyjon havo yo‘llari» va Buta Airways Rossiyaning barcha shaharlariga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgandi

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid