Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden: «Rossiya bilan urushmoqchi emasmiz, bu uchinchi jahon urushi bo‘ladi»
AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatning Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini e’lon qildi.
Baydenning aytishicha, AQSh sanksiyaga uchragan Rossiya banklari rahbarlari va Duma deputatlariga qarshi to‘liq cheklovchi sanksiya qo‘llaydi. Oq uy bayonotida aytilishicha, «Katta yettilik» davlatlari Rossiyaga qarshi harakatlar bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazgan. Ular Rossiya Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon bankidan pul ololmasligi bo‘yicha kelishuvga erishishi kutilmoqda.
AQSh Rossiyadan alkogol, dengiz mahsulotlari va olmos olib kirishga cheklov qo‘yadi. Rossiyaga qimmatbaho mahsulotlar olib kirishga taqiq qo‘yiladi. «Katta yettilik» Rossiya bilan eng maqbul savdo muhiti rejimini bekor qiladi. Aniqlik kiritilishicha, bu rejimning bekor qilinishi Rossiya importiga qo‘shimcha bojlar qo‘llashga imkon beradi.
Endilikda AQSh Rossiyaning har qanday sohasiga investitsiya kiritishni cheklash huquqiga ega bo‘ladi. Ukrainaga rekord miqdorda (14 mlrd dollar) yordam puli ajratish to‘g‘risida farmon tez orada imzolanadi.
Baydenning aytishicha, AQSh Ukrainaga har kuni qurol yetkazib berishda davom etadi, ammo Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushmaydi: «Biz Ukrainada Rossiya bilan urushmaymiz. NATO va Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu uchinchi jahon urushi degani. Ammo biz NATOning har bir qarichini himoya qilamiz», dedi Bayden.
AQSh prezidenti Rossiya kimyoviy qurol qo‘llasa, bu uchun katta tovon to‘lashidan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025