O‘zbekiston | 16:10 / 12.03.2022
5039
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 25ta reys orqali Ukrainadan 5634 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi

Polsha orqali yana 254 nafar vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi.

Foto: KUN.UZ

11 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 254 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, olib kelinganlardan 69 nafari ayol, 37 nafari voyaga yetmagan shaxs va 14 nafari chaqaloq.

“28 fevraldan 11 martga qadar 25 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 634 nafar vatandoshimiz qaytarildi”, – deyiladi xabarda.

Ukrainadan Moldova hududiga qochib o‘tgan 98 nafar o‘zbekistonlik 10 mart kuni Ruminiya orqali vatanga qaytarilgan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid