O‘zbekiston | 10:25 / 14.03.2022
20638
2 daqiqa o‘qiladi

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Nurobodga xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyat mudiri hokim bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 14 mart kuni Nurobod tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Yo‘ldoshev Sherali Mamaraimovich nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Sherali Yo‘ldoshev 1971 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar u xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, 2017 yil yozidan buyon Nurobod tumaniga rahbarlik qilib kelgan Faxriddin Zoirov 2022 yil fevralida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ishdan olingandi.

Eslatib  o‘tamiz, yanvar oyida Nurobod tumanidagi maktab o‘quvchisiga olimpiadadagi ishtiroki uchun hokimiyat tomonidan eski noutbuk berilishi voqeasi shov-shuv bo‘lgan, bu voqea ortidan qator mutasaddilar, jumladan tuman hokimi o‘rinbosari ishdan ketgandi.

Avvalroq Samarqand viloyatining Payariq, Oqdaryo va Bulung‘ur tumanlarida ham yangi hokimlar ish boshlagandi.  

Mavzuga oid