Jahon | 12:18 / 16.03.2022
13487
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Ukrainaga 13,6 milliard dollar ajratishni ma’qulladi

Foto: CNN

AQSh prezidenti Jo Bayden federal ma’muriyatni 1,5 trillion dollarga moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda.

Baydenning o‘zi tvitterida yozishicha, budjetda Ukraina hukumatiga 13,6 milliard dollar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

«Men administratsiyani moliyalashtirish haqida ikki partiya ma’qullagan qonun loyihasini imzoladim, hukumat ochiqligini saqlagan holda Ukrainaga 13,6 milliard dollar beg‘araz moliya mablag‘lari taqdim qilinadi», deya yozgan u.

Budjet 2022 yil sentyabriga qadar muddat uchun ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi bir necha oy davomida kelishilgan. O‘tgan haftada u AQSh Kongressida taqdim etilgan, Vakillar palatasi va Senatda ikki partiya vakillari tomonidan ham ma’qullangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid