Jahon | 15:53 / 18.03.2022
22702
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Erdo‘g‘anga Ukrainadan nimalar talab qilinayotganini aytdi

Ibrohim Qalinning so‘zlariga ko‘ra, Kremlning asosiy talabi – Ukrainaning "neytralitet"i va NATOga a’zo bo‘lish fikridan voz kechishi.

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotida Rossiya tomoni Ukrainadan nimalarni talab qilayotganini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Turkiya prezidenti maslahatchisi Ibrohim Qalinning so‘zlariga ko‘ra, Kremlning asosiy talabi – Ukrainaning "neytralitet"i va NATOga a’zo bo‘lish fikridan voz kechishi.

Bundan tashqari, Rossiya "Ukrainaning qurolsizlanishi", "rus tili himoya qilinishi" va "denatsifikatsiya"ni talab qilmoqda.

Shuningdek, Rossiya LXR/DXR va Qrim bo‘yicha ham o‘z talablarini qo‘ygan.

Ibrohim Qalinning qayd etishicha, Putin yakuniy kelishuvdan oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilishi kerakligini aytgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid