Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ikkita Lacetti o‘zaro to‘qnashishi oqibatida ulardan biri yonib ketdi
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Faqat yong‘in sodir bo‘lgan mashinaga jiddiy zarar yetgan.
IIV YHXBBning xabar berishicha, 2022 yil 17 mart kuni soat 20:30 larda Nishon tumani, “Nuriston” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 1990 yilda tug‘ilgan B.Yu. hamda 1992 yilda tug‘ilgan B.Sh. boshqaruvidagi Lacetti mashinalari o‘zaro to‘qnashgan.
Oqibatda haydovchi B.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti mashinasida yong‘in yuzaga kelgan. Shundan so‘ng hodisa haqida FVB xodimlariga xabar berilgan va yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Ushbu YTH hamda yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat transport vositalariga jiddiy zarar yetgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Nishon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Yangiyo‘l tumanida yo‘lovchi avtobus yonib ketgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024