Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida avtomashinalar ustiga daraxt quladi
Daraxt qulashi oqibatida 6 ta avtomashinaga shikast yetgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun 18 mart kuni soat 07:22 larda Uchtepa tumani Chilonzor 23-mavze 31-uy oldida daraxt avtomashinalar ustiga qulaganligi bo‘yicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
“Voqea joyiga zudlik bilan 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borgan. Daraxt qulashi natijasida 6 ta (KIA, Gentra, Nexia-3, Damas, Cobalt, Niva) yengil avtomobil shikastlangan. Hozirda yuzaga kelgan vaziyat oqibatlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmaslikni so‘rab qoladi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq, Mirobod tumanida joylashgan avtoturargohdagi haydovchisiz Sobalt avtomobili pastlikka harakatlanib, atrofdan oqib o‘tgan Salar kanaliga tushib ketganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
21:03 / 01.04.2022
Zamin fondi aksiyasi doirasida Toshkentning 13 gektardan oshiq maydoniga daraxt ekildi
23:08 / 12.03.2022
Sobiq «Tata» mehmonxonasi yaqinida mashinalar ustiga yirik daraxt quladi
16:26 / 10.03.2022
Moratoriyga qaramasdan Farg‘onada daraxt kesish holati aniqlandi
17:12 / 09.03.2022