Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 20:27 / 20.03.2022
5671
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentning Alisher Navoiy shohko‘chasi va Abay ko‘chasi vaqtinchalik yopiladi
Yo‘l ta’mirlash ishlari sababli Alisher Navoiy shohko‘chasi va Abay ko‘chasi qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 21 mart kuni soat 21:00 dan 24 mart soat 06:00 gacha:
- Alisher Navoiy shohko‘chasi Vebster universiteti yaqinidagi svetofordan 31-uygacha bo‘lgan oraliqda;
- Abay ko‘chasi «Alisher Navoiy» metro bekatidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha transport vositalarining harakati to‘xtatiladi.
Yo‘l ta’mirlash jarayonida haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin.

Yo‘l ta’mirlash ishlari doirasida 19 mart soat 21:00 dan 20 mart soat 06:00 gacha Navoiy shohko‘chasi Abay ko‘chasi chorrahasidan Sharof Rashidov shohko‘chasi chorrahasigacha yopilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish