Jamiyat | 16:04 / 03.05.2019
8048
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining Abay ko‘chasida chiqindi tashlash zamonaviy yerosti moduli qurilishi boshlandi

3 may kuni Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yangi zamonaviy yer osti moduli qurilish ishlari boshlandi.

Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan yengil turdagi chiqindi tashlash shoxobchasi bugun butun dunyoda targ‘ib etilayotgan atrof-muhitni ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha zamonaviy tajriba sanaladi. 

Mazkur modul Toshkent shahrida uchinchisi bo‘lib, avvalroq bu kabi chiqindi tashlash shoxobchalari Yashnobod va Yunusobod tumanlarida barpo etilgan. 

“Maxsustrans” DUK tomonidan yil boshidan buyon Toshkent shahrida surunkali chiqindi to‘planadigan joylarga 200 dan ortiq 1100 va 770 litr hajmdagi maxsus qutilar qo‘yilgan. Bundan tashqari shahar bo‘ylab 120 litr hajmdagi plastmas qutilar o‘rnatishni reja qilgan.

Mavzuga oid