CIT: Rossiya Ukraina chegarasiga qo‘shin olib kelishda davom etmoqda
Rossiya Ukraina chegarasi yaqiniga harbiylar va muhandislik texnikalarni olib kelishda davom etmoqda. Conflict Intelligence Team tahlilchilari shunday xulosaga kelishgan.
CIT xabarida yozilishicha, 17 mart kuni Rostov-Donda olingan videolardan birida tanklar ortilgan eshelonni ko‘rish mumkin, Rossiya temiryo‘llari bazasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu poyezd Primore o‘lkasidan kelgan. 18 mart kuni shahardan shimolda olingan yana bir videoda esa yuk mashinalari va zirhli transportlar ortilgan eshelon harakatlanadi — katta ehtimol bilan u Kavkazdan yoki Krasnodar o‘lkasidan yo‘lga chiqqan.
Tahlilchilar jangovar texnikalardan tashqari muhandislik mashinalari ham tashilayotganini xabar qilishgan. Xususan, Irkutsk oblastida ko‘plab REM-KL va MTP-A2 rusumli harbiy evakuatorlarni ko‘rishgan, bunday texnikalar buzilib qolgan yoki tashlab ketilgan texnikalarni tashishda foydalanilishi mumkin. Sankt-Peterburg shahri atrofida 18 mart kuni ponton parklari (vaqtinchalik ko‘prikni suvda ko‘tarib turish uchun xizmat qiladigan tagi yassi qayiq yoki kema) ortilgan eshelonga guvoh bo‘lishgan.
CIT xabarida qayd etilishicha, qo‘shin tashlanishi intensivligi hozirda bir oy oldingiga qaraganda ancha past. Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, Rossiyada hali harakatga keltirilmagan 40tagacha batalon-taktik guruhlari bo‘lishi mumkin, ulardagi harbiylar soni 20 mingdan oshadi. «Albatta, ushbu bo‘linmalarning tayyorgarligi va jangovar qobiliyati bo‘yicha savollar bo‘ladi», — deya qayd etadi CIT.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024