Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinga hamdardlik yo‘lladi
Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinga Xitoyda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinga Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududidagi Uchjou shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi”, deyiladi xabarda.
21 mart kuni Xitoyning China Eastern aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 132 yo‘lovchi bo‘lgan.
Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslanib berilgan xabarga ko‘ra, voqea Guansi-Chjuan avtonom rayonida yuz bergan.
Flightradar24 portali ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Kunmindan mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da (Toshkent vaqti bilan 10:15 da) havoga ko‘tarilgan. Taxminan 1 soatdan keyin samolyotning tezligi keskin pasayib, balandlikni yo‘qota boshlagan. So‘ngra radarlar ekranidan yo‘qolgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025