Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Toshkent shahrida “Toshkent xalqaro marafon tadbiri” o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 mart kuni soat 16:00dan 27 mart kuni soat 18:00gacha:
- Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha;
27 mart kuni soat 05:00dan 18:00 gacha:
- I.Karimov ko‘chasi: Olmazor ko‘chasidan Sh.Rashidov ko‘chasigacha;
- Sh.Rashidov ko‘chasi: I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
- Shahrisabz ko‘chasi: A.Temur ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi: Shahrisabz ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;
- Oybek ko‘chasi: Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
- Nukus ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
- A.Qodiriy ko‘chasi: Abay ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha harakat vaqtincha cheklanadi.
“Ushbu ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkentning Alisher Navoiy shohko‘chasi va Abay ko‘chasi vaqtinchalik yopilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025