Toshkentda «Neksiya-3» avtomobili haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi
Toshkent shahrida "Neksiya-3" avtomobili haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi. Hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, 21 mart kuni soat 10:25 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.I. Olmazor ko‘chasi bo‘ylab "Neksiya-3" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotida aytilishicha, haydovchi ushbu ko‘chadagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyodalar N.G‘. va M.A. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Hozirda surishtiruv davom etib, tegishli hujjatlar to‘planmoqda.
“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, piyodalardan e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024