Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Namanganda «Kalashnikov» avtomatini sotmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi
Namanganda «Kalashnikov» avtomatini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Kosonsoy tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 182- (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) moddalari bilan sudlangan A.O. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-buqa tumaniga borib, jinoiy sherigidan 1 dona AKS-74 jangovar o‘qotar quroli, 3 dona o‘qdon va 43 dona o‘q-dorilarni olgan hamda kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga o‘tkazgan.
DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.O. ushbu qurol va o‘q-dorilarni Namangan shahrida sotmoqchi bo‘lganida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 246- va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025