Kreml Ukraina bilan muzokaralarda Abramovichning ishtirokiga izoh berdi

Foto: RIA Novosti
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda Kremlning ruxsati bilan qatnashmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Roman Abramovich tomonlar o‘rtasidagi ba’zi aloqalar o‘rnatilishida ishtirok etgan, ammo u delegatsiyaning rasmiy vakili hisoblanmaydi. Rossiya delegatsiyasini prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshqarmoqda. Rossiya nomidan Abramovich ham Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etmoqda», dedi Peskov.
Jurnalistlar Abramovich muzokaralarda ishtirok etishi Kreml tomonidan tasdiqlangani yoki yo‘qligi haqida ham so‘rashdi. «Bunday muzokaralarda ishtirok etish uchun ikki tomonning roziligi kerak bo‘ladi. Abramovich bunday rozilikni olgan», dedi Kreml rasmiy vakili.
Peskov Abramovich va ukrainalik muzokarachilarning ba’zilarida zaharlanish alomatlari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni esa axborot urushining bir qismi deb atadi.
Mavzuga oid

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

18:03 / 18.04.2025