Jahon | 15:39 / 31.03.2022
10861
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Rossiyani Ukrainada taqiqlangan qurollardan foydalanishda aybladi

Mishel Bacheletning ta’kidlashicha, pala-partish o‘t ochishlar xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha taqiqlangan va harbiy jinoyat deb tasniflanadi. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya armiyasi Ukrainadagi aholi punktlarida kamida 24 marta kassetali qurollardan foydalangan. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi rahbari Mishel Bachelet ma’lum qildi.

«Rossiya qurolli kuchlari aholi punktlarida kamida 24 marta kassetali qurollardan foydalangani to‘g‘risida ishonchli xabarlar kelib tushdi», - dedi u.

Bacheletning ta’kidlashicha, pala-partish o‘t ochishlar xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha taqiqlangan va harbiy jinoyat deb tasniflanadi.

U Ukrainaning aholi zich hududlarida «keng radiusda zarar yetkazuvchi portlovchi qurollardan», jumladan, raketa va og‘ir artilleriya snaryadlaridan foydalanilishini qoraladi.

Mishel Bachelet fuqarolar infratuzilmasi obektlarini vayron qilayotgan aviazarbalarni to‘xtatishga chaqirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid