O‘zbekiston | 17:11 / 01.04.2022
18938
2 daqiqa o‘qiladi

Vazir o‘rinbosari BAAga elchi bo‘ldi

O‘zbekistonning BAAdagi yangi elchisi tayinlandi.

Foto: Kun.uz

Abdulaziz Oqqulov O‘zbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali xabar bermoqda.

Abdulaziz Oqqulov 1985 yilda tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005 yilda «O‘zstandart» agentligida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2006–2017 yillarda «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasida turli lavozimlarda ishlagan.

2017–2018 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, 2018 yilda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2018–2020 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2020–2021 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar 2021 yil 9 aprelidan buyon Turizm va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 2019 yildan buyon O‘zbekistonning BAAdagi elchisi bo‘lgan Baxtiyor Ibrohimov 2022 yilning fevralida TIV Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid