Jamiyat | 20:00 / 05.04.2022
9055
2 daqiqa o‘qiladi

Ipoteka-bank eng faol banklar qatorida e’tirof etildi

Foto: Ipoteka-bank

O‘zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2022 yil 1-choragida eng faol banklar reytingini e’lon qilindi. Reytingga ko‘ra, joriy yilda banklar orasida Ipoteka-bank eng katta o‘sishga erishib, 6 pog‘ona ko‘tarilgan holda jami banklar orasida 3-o‘rinni, davlat banklari orasida 1-o‘rinni egalladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar tahlilchilarining fikriga ko‘ra, transformatsiya va xususiylashtirish jarayonidagi Ipoteka-bank, ijobiy natijalarga erishish uchun asosan moliyaviy ommaboplik (depozitlarning kreditlarga nisbati, xalqaro va maxalliy moliya bozorida faollik)da liderlikni saqlab qolgan holda, boshqaruv samaradorligi (biznesni optimizatsiyalash (CIR), har bir xodim yaratuvchi foyda va risksiz daromadlar hajmi)ni oshirishga erishdi.

«Ipoteka-bank» ATIB O‘zbekiston bank tizimida beshinchi yirik bank bo‘lib, bank bozorida 9 foiz ulushga ega. Ipoteka-bank kelajakda ham o‘zining bank mahsulotlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va barcha biznes-segmentlaridagi mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilib olgan.

Sayt: www.ipotekabank.uz/uz/news/news050422/

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid