O‘zbekiston | 18:24 / 09.04.2022
28132
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda to‘qqiz oylik chaqaloqni qasddan o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Samarqand tuman sudining hukmi bilan qotilga 13 yil qamoq jazosi berilgan.

Foto: Videodan kadr

Oliy sud matbuot kotibining xabar berishicha, 2021 yil 20 oktyabr kuni Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashovchi M.B. 9 oylik farzandini kaltaklab, uning joniga qasd qilgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan go‘dak vafot etgan.

Shundan so‘ng tuman IIB tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs tegishli tartibda ushlangan.

Olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari davomida 9 oylik chaqaloqni o‘z otasi qasddan kaltaklab o‘ldirgani  isbotini topgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudida mazkur jinoyat yuzasidan sud majlisi o‘tkazilgan va aybdorga hukm o‘qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi tomonidan to‘qqiz oylik chaqaloqni qasddan o‘ldirgan M.B. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid