O‘zbekiston | 07:37 / 11.04.2022
5530
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston O‘zbekistonning emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini tan oldi 

Foto: Pavel Bednyakov

O‘zbekiston va Qirg‘iziston emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari o‘zaro tan olindi. Bu haqda Sanepidxizmat matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston hukumati va Qirg‘iziston hukumati milliy darajada COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni baholagan.

Tomonlar davlatlari hududini COVID-19 infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan qat’iy va keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muhimligini ta’kidlagan.

Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19'ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladi. Kelishuv joriy yil 26 martidan kuchga kirdi.

Bundan oldin O‘zbekiston va Qozog‘iston emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari o‘zaro tan olingani xabar berilgandi

Mavzuga oid