Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank tashkil etishda chet el banklariga qo‘yiladigan talablar yengillashtiriladi
Markaziy bank boshqaruvining “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilgan:
- aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan ayrim hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishni bekor qilish;
- bank filiallari va bank xizmatlari ofislarini ochish va yopish tartibini xabardor qilish tartib-taomillariga o‘tkazish;
- bank tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etishda chet el banklariga qo‘yilgan talablarni yengillashtirish;
- bank rahbar xodimlarini baholash mezonlarini takomillashtirish.
Qaror loyihasi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasida ortiqcha hujjatbozlikdan voz kechishni, O‘zbekistonda bank ochishda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etishda chet el banklarining kapitaliga qo‘yilgan talablarni yengillashtirishni, banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida bankning ayrim rahbar lavozimlariga belgilangan talablarni takomillashtirishni ko‘zda tutmoqda.
Shu bilan birga, qaror loyihasi bilan ayrim normalardagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida tahririy o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 18.09.2024
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
12:40 / 20.07.2024
Turizm sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi
07:51 / 07.10.2023
1 noyabrdan Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi
10:52 / 15.03.2023