O‘zbekiston | 07:39 / 12.04.2022
5077
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Foto: Kruz.uz

Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan «yo‘l xaritasi»;
  • Qoraqalpog‘iston shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, «o‘sish nuqtalari» va «drayver sohalari»;
  • sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;
  • 2022 yilda Qoraqalpog‘istonda muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;
  • Qoraqalpog‘iston shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati.

Kompleks dasturga asosan Qoraqalpog‘istonda 2022 - 2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,5 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmi 1,5 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1,2 baravarga, xizmatlar hajmi 2,9 baravarga hamda qurilish ishlari hajmi 1,4 baravarga oshiriladi.

Mavzuga oid