Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bilan chegaradagi otishmada tojikistonlik harbiy halok bo‘ldi
12 aprel kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi otishma sodir bo‘lgandi. Voqea oqibatida tojikistonlik chegarachi halok bo‘lgan.
Xatlon viloyatining Do‘stlik tumani hokimligi «Aziya-Plyus» nashriga chegarachining halok bo‘lganini tasdiqlagan. 27 yoshli Zoir Saidmurodov 2020 yilda harbiy xizmatni boshlagan. Bugun, 13 aprel kuni marhumni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Mahrami Hotam qishlog‘ida dafn etishgan.
Ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi otishmada Qirg‘iziston Tojikistonni aybladi. Tojikiston esa hozircha rasmiy ma’lumot bermadi. Qirg‘iz tomoni ma’lumotiga ko‘ra, tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston chegarasini bosib o‘tib, shundan keyin otishma boshlanib ketgan. Ikki tomonning kelishuvidan keyin otishma to‘xtagan.
13 aprel kuni ikki davlat vakillarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Tojikiston tomondan mamlakat chegara qo‘shinlari rahbari Rajabali Rahmonali va So‘g‘d hokimi Rajab Ahmadzoda ishtirok etdi. Qirg‘iziston tomonidan muzokaralarda chegara qo‘shinlar qo‘mondoni Ularbek Sharshayev hamda Botken hokimi Abdukarim Alimboyev qatnashgan.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar qo‘shinlarni chegaradan olib ketishga kelishgan. Shuningdek, boshqa xavfsizlik masalalari va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kelishuvlar bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025