O‘zbekiston | 15:52 / 15.04.2022
27056
2 daqiqa o‘qiladi

Shoir Nodir Jonuzoq prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi

Dilshod Kenjayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Nodirjon Jonuzoqovich Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shoir Nodir Jonuzoq 1976 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar «Yoshlik» jurnaliga bosh muharrirlik qilgan. 

U 2018 yil aprelida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil dekabrida uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

O‘z navbatida Dilshod Mutalibovich Kenjayev boshqa ishga o‘tishi o‘tishi munosabati bilan Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Dilshod Kenjayev

Dilshod Kenjayev muqaddam xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2021 yil fevralida prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

U endi prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Mavzuga oid