Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Yapon dengizi tomon yana ikki snaryad uchirdi
Pxenyandagilar taktik yadro quroli samaradorligini oshiradigan yangi tipdagi boshqariluvchi raketalar sinovi o‘tkazilganini xabar qildi.
Shimoliy Koreya taktik yadro qurolidan foydalanish samaradorligini oshirish salohiyatiga ega bo‘lgan boshqariladigan raketalar sinovini o‘tkazdi. Bu haqda 17 aprel kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar tarqatdi.
Markaziy telegraf agentligi xabarida yangi qurollar tizimi uzoq masofaga zarba beruvchi artilleriya kuchini va Shimoliy Koreya taktik yadroviy qurollari samaradorligini «kardinal darajada oshirishi» qayd etilgan.
Yonhap agentligi Janubiy Koreyadagi harbiylarga asoslanib xabar qilishicha, raketalar 110 km masofaga uchgan, 25 km balandlikka ko‘tarilgan va maksimal tezligi 4 Max’ni tashkil etgan (ya’ni tovush tezligidan 4 marta yuqori - 4900 km/soat).
Ma’lum qilinishicha, sinovni KXDR rahbari Kim Chen In shaxsan kuzatib borgan. Shu bilan birga, Kim Chen In «mamlakatning mudofaa qobiliyati va yadroviy jangovar salohiyatini yanada oshirish» bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar bergani aytilgan.

Koreya mehnat partiyasining bosma nashri bo‘lmish «Nodon sinmun» («Ishchi gazeta») raketa uchirilishini kuzatish chog‘ida tabassum bilan qarsak chalayotgan Kimning fotosuratini e’lon qilgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025