O‘zbekiston | 07:54 / 18.04.2022
25195
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi yonib ketdi

Nexia-3 mashinalari to‘qnashuvi oqibatida ulardan birida yong‘in sodir bo‘lgan va uning haydovchisi hamda ikki yo‘lovchisi yonib ketgan.

Videodan kadr

Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 14 aprel kuni 4R-102 avtomobil yo‘lining Angor tumani hududidan o‘tuvchi qismida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Angor-Jarqo‘rg‘on yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia-3 mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Nexia-3 mashinasi bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv paytida mashinalardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda uning haydovchisi O., yo‘lovchi sifatida ketayotgan 23 yoshli yigit Q. va uning 23 yoshli turmush o‘rtog‘i A.Yu. mashina bilan birga yonib ketgan va og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq 2022 yil 3 aprel kuni Termiz shahrida uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda ham Cobalt va uning yo‘lovchisi yonib ketgandi.

Mavzuga oid