Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Ukrainadagi «maxsus operatsiya»ning navbatdagi bosqichi boshlanganini aytdi
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng «yaxshi niyat belgisi sifatida» harbiylar joylashuvini o‘zgartirgan.
Rossiya Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya»ning navbatdagi bosqichiga o‘tdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
«Ukraina sharqidagi operatsiya ilgari e’lon qilinganidek, Donetsk va Lugansk respublikalarini to‘liq ozod qilishga qaratilgan», — dedi u.
Vazir «Moskva» kreyseri halokati bo‘yicha izoh berishni istamadi.
«Mudofaa vazirligi nima bo‘lganini tushuntirdi. Bunga hech qanday qo‘shimcha qila olmayman», — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng «yaxshi niyat belgisi sifatida» harbiylar joylashuvini o‘zgartirgan.
«Biz yaxshi niyat belgisi sifatida Chernigov va Kiyev oblastlaridagi joylashuvimizni o‘zgartirdik, lekin bu yetarlicha baholanmadi», — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» boshlaganini e’lon qilgandi. BMT inson huquqlari oliy komissari boshqarmasining ma’lumot berishicha, 17 aprel holatiga Ukrainada 2072 nafar tinch aholi halok bo‘lgan va 2818 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025