O‘zbekiston | 12:36 / 21.04.2022
9070
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda duatlon chempionati sababli qator ko‘chalar yopiladi

2022 yilning 23-24 aprel kunlari Toshkent shahridagi Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalarda sportchilar va havaskorlar orasida “Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati-2022” bo‘lib o‘tadi. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, musobaqa kunlarida qator ko‘chalar soat 06:00 dan 14:30 ga qadar yopiladi.

Ushbu ko‘chalar:

  • Furqat ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi va Seul ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Islom Karimov shohko‘chasining Furqat va Bunyodkor shohko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Bunyodkor shohko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Seul ko‘chasining Bunyodkor shohko‘chasi va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid