Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Kuril orollarini bosib olingan hududlar deb atadi
Moskva bunday baholashni Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi yo‘lidagi yana bir to‘siq deya ta’kidladi.
Yaponiya tashqi ishlar vazirligi 2003 yildan beri birinchi marta Kuril orollarini Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar deb atadi.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligining «Diplomatiyaning ko‘k kitobi» deb nomlanuvchi yillik hisobotida orollarga ana shunday baho berildi.
Moskva bunday baholashni Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi yo‘lidagi yana bir to‘siq deya ta’kidladi.
“Yaponiya do‘st bo‘lmagan mamlakatga aylangan va Rossiyaga nisbatan qator g‘animlarcha harakatlarga qo‘shilgan hozirgi vaqtda muzokaralar jarayonini davom ettirish to‘g‘risida gapirish juda-juda qiyin. Barcha to‘rt orol Rossiya hududining ajralmas qismi hisoblanadi”, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi yanvarda Tokioga tinchlik kelishuvi loyihasini taqdim etganini ma’lum qilgandi. Martda, Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilganidan so‘ng Moskva muzokaralarni davom ettirmasligini bildirdi.
Yaponiya Habomai orollar guruhi hamda Kunashir, Shikotan va Iturup orollarini o‘zining shimoliy yerlari deb biladi. Ularning umumiy maydoni 5 ming kv. kilometrga yaqin.
Rossiya Janubiy Kuril ikkinchi jahon urushi natijalariga ko‘ra RSFSRning bir qismiga aylanganini ta’kidlab keladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025