Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:40 / 25.04.2022
31053
6 daqiqa o‘qiladi
Uyga qaytayotgan kiyevliklar, Buchada yangi qabrlar. Urush suratlari
Urushning 60-kunida Ukrainaga AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mamlakat mudofaa vaziri Lloyd Ostin keldi. YeXHT Donetsk va Luganskdagi xodimlari asirga olinganini ma’lum qildi. Litva YeIga Ukrainaga bosqinni yoqlagan patriarx Kirillga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif etdi. Rossiyada o‘tgan dam olish kunlarida urushga qarshi aksiyalarda ishtirok etgan kamida 20 kishi qo‘lga olingan.
Petr Kovalev / TASS
Ukrainada urush. So‘nggi ma’lumotlar
- Mariupol aholisini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘lak ochishga bo‘lgan navbatdagi urinish barbod bo‘ldi. Bu yo‘lak orqali «Azovstal» zavodidagilardan tashqari barcha mariupolliklarni olib chiqishni nazarda tutgandi.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Davlat departamenti va Pentagon rahbarlari bilan uchrashdi. AQSh Kiyevga yana 713 mln dollarlik qo‘shimcha harbiy yordam va’da qildi. Bundan tashqari, yaqin vaqtlar ichida AQShning Ukrainadagi yangi elchisi tayinlanadi, amerikalik diplomatlar bosqichma-bosqich Kiyevga qayta boshlaydi.
- FT xabariga ko‘ra, Vladimir Putin Ukraina bilan urushni to‘xtatish va tinchlik bitimi tuzish g‘oyasidan voz kechgan, u Ukraina shimolida muvaffaqiyatsiz yurishlardan keyin mart oyi oxirida bunga rozi edi. Ammo Ukraina «Moskva» kreyserini cho‘ktirib yuborgach, u muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish g‘oyasidan hududlarni bosib olish strategiyasiga o‘tgan.
- Rossiya harbiylari sharqiy frontda yurish qilishda davom etmoqda.
- Ukrainaning ayrim shaharlarida tongda havo trevogalari yangradi. «Lvovliklar, boshpanalarda qoling. Havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlamoqda», deya yozgan ma’muriyat rahbari Maksim Kozitskiy.
- Urush boshidan buyon Ukrainada 215 nafar bola halok bo‘lgan.
- Yevroittifoq Rossiya energiya resurslarining yirik iste’molchisi bo‘lgan Yevropaga kuchli zarba bermaydigan shaklda neft embargosi joriy etish haqida o‘ylamoqda.
- Rossiyaning AQShdagi elchisi Rossiya AQShga Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilib nota yuborganini ma’lum qildi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
John Moore / Getty Images
Leon Neal / Getty Images
Petr Kovalev / TASS
AP Photo/Alexei Alexandrov
AP Photo/Alexei Alexandrov
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Andrii Nesterenko / EPA / Scanpix / LETA
Chris McGrath / Getty Images
AP Photo/Alexei Alexandrov
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Anastasia Vlasova / Getty Images
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar
13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar
15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar
14:51 / 16.09.2024