Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi
Kane Tanaka 2019 yil martda sayyoradagi eng keksa inson sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Yaponiyalik Kane Tanaka 119 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi NHK telekanali.
Kane Tanaka 1903 yilda tug‘ilgan bo‘lib, ikkita jahon urushi va beshta imperator hukmronligini ko‘rgan.
U 19 yoshida turmushga chiqqan va to‘rt farzand ko‘rgan, yana bir bolani asrab olgan. Uning eri va o‘g‘li ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bir o‘g‘li asirga olinib, 1947 yilda Yaponiyaga qaytgan.
Kane Tanaka 103 yoshigacha oilaviy do‘konni boshqargan.
U 2019 yil martda sayyoradagi eng keksa inson sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Tanaka umrining oxirgi yillarida Fukuoka prefekturasidagi qariyalar uyida yashagan. U yanvarda 119 yoshini nishonlagandi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025