O‘zbekiston | 11:21 / 29.04.2022
13738
1 daqiqa o‘qiladi

“Muruntov” dunyodagi eng yirik oltin koni maqomini saqlab qoldi 

Kitco kompaniyasi ekspertlari 2021 yilda oltin qazib olinishi bo‘yicha konlar reytingini e’lon qildi. Navoiy viloyatida joylashgan “Muruntov” koni ikkinchi bor dunyoning eng katta oltin koni sifatida e’tirof etildi.

Foto: Kun.uz

Reytingga ko‘ra, 2 mln unsiya oltin qazib olingan “Muruntov” koni birinchi o‘rindan joy olgan. Mutaxassislarning baholashlaricha, kondagi oltin zaxiralari 150 mln unsiyadan oshadi. Konning uzunligi 3,3 km, eni 2,5 km va chuqurligi qariyb 600 metrni tashkil etadi.

“Muruntov” koni 2020 yilda ham reytingda peshqadamlik qilgandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Muruntov” yaqin kelajakda dunyoning eng yirik oltin koni maqomini saqlab qoladi.

Reytingda keyingi o‘rinlarda AQShdagi “Karlin”, Indoneziyadagi “Grasberg” va Rossiyadagi “Olimpiada” konlari joylashgan.

Mavzuga oid