Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin «nodo‘st mamlakatlar»ga qarshi javob sanksiyalari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Sanksiyalarga tushgan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar bilan kelishuvlar tuzish va majburiyatlarni bajarish hamda ularga Rossiyadan xomashyo va mahsulot yetkazish taqiqlanadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nodo‘stona harakatlar”ni amalga oshirgan mamlakatlar va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, hukumat 10 kun ichida javob sanksiyalariga tushadiganlar ro‘yxatini tuzishi lozim.
Hujjat bilan quyidagilar taqiqlandi:
- sanksiyalarga tushgan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar bilan kelishuvlar tuzish va majburiyatlarni bajarish (ilgari tuzilgan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ham);
- ro‘yxatga kiritilganlarga Rossiyadan xomashyo va mahsulot yetkazish.
Rossiya mart oyida “nodo‘st mamlakatlar” ro‘yxatini kengaytirgandi. Ro‘yxatdan Yevroittifoqning barcha mamlakatlari, AQSh, Avstraliya, Albaniya, Andorra, Buyuk Britaniya, Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Mikroneziya, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Singapur, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveytsariya, Yaponiya o‘rin olgan.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
00:53 / 27.05.2025