Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yetti nafar daniyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Rossiya TIV «Kopenhagenning nodo‘stona harakatlari»ga nisbatan keskinroq choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Daniya elchixonasining yetti nafar xodimini persona non grata deb e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, bunga rossiyalik diplomatlarning Daniyadan chiqarib yuborilishi va «Daniya hukumatining Kiyevga harbiy yordam berishi» sabab bo‘lgan.
Rossiya TIV shuningdek, «Kopenhagenning nodo‘stona harakatlari»ga nisbatan keskinroq choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Qirollikning Rossiyaga qarshi oshkora siyosati ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin»,— deyiladi TIV xabarida.
5 aprel kuni Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi va savdo vakolatxonasining 15 nafar xodimi Daniyadan chiqarib yuborilgandi. Ular josuslikda ayblangan.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
10:15 / 22.05.2025
Isroil harbiylari yevropalik diplomatlar tomonga o‘q uzdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025