Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aeroflot» Moskvadan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda
20 maydan boshlab Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Moskvadan (Sheremetevo) Toshkentga va teskari yo‘nalishda to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi, deyiladi kompaniya saytida.
Parvozlar har kuni quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Moskva - Toshkent
jo‘nab ketish — 19:45; yetib kelish - 01:45.
Toshkent - Moskva
jo‘nab ketish — 03:45; yetib kelish - 06:10.
«Aeroflot»ning Moskvadan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslari yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan 21 maydan «Rossiya» aviakompaniyasining Sochidan Toshkentga parvozlari bekor qilindi. Yo‘lovchilar Moskvadan reyslarga qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bundan oldin Yevrokomissiya Rossiyaning 20ta aviakompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgandi.
Ro‘yxatdan «Aeroflot», «Pobeda», «Rossiya», Utair, Smartavia, Nord Wind, «Uralskiye Avialinii», «Sibirskiye avialinii» kabi aviakompaniyalar o‘rin oldi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025